

Ofis ishidagi tinimsiz “srochniy”lar, bitmaydigan hujjatlar va hammasini sening ustingga tashlaydigan hamkasblar… tanish holatmi? 😏 Ana shunday charchaganlardan biri — gildiyada qabulxonachi bo‘lib ishlaydigan Alina. U o‘zi uchun tinch, barqaror ish, chiroyli forma va hech qanday ortiqcha ish soati bo‘lmaydigan hayot orzu qilgan. Ammo real hayotda esa — dungeonlardan qaytmaydigan sarguzashtchilar, yengilmayotgan bosslar va ularning ortidan keladigan qog‘ozbozlik bo‘roni uni har kuni kechgacha ushlab qoladi.
Shu paytda Alinaning hech kim bilmaydigan ikkinchi tomoni ishga tushadi. U tunda “Qatl etuvchi” laqabli sirli sarkardaga aylanib, ulkan bolg‘asini olib dungeonlarga tushadi va bosslarni o‘zi yakka o‘zi urib tashlaydi. Sababi oddiy — kimdir bularni yengmasa, ertaga yana tog‘dek hujjat, qo‘shimcha smena, yana ortiqcha ish soatlari 😤
Tashqaridan bosiq, muloyim qabulxonachi bo‘lib ko‘rinadigan bu qiz aslida nervi charchagan, lekin juda prinsipial odam: vaqtda uyga ketishni o‘ziga maqsad qilib olgan. Yo‘lda turli jamoalar, sirli kuchlar, ish joyidagi intriga va biroz romantika ham paydo bo‘ladi. Lekin u uchun hamon eng katta “dushman” — bu bosslar emas, balki tugamaydigan ortiqcha ish soatlari 😊